
Londonning "Arsenal" klubi yozgi transfer oynasida hujum chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Taniqli jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, "kanonirlar"ning qisqa ro'yxatidan PSJ a'zosi Xvicha Kvarasxeliya va "Nyukasl" hujumchisi Entoni Gordon joy olgan. Mazkur transferlarni amalga oshirish klub uchun ancha murakkab kechishi taxmin qilinmoqda.
Parijliklar o'zining gruziyalik yulduzini sotish niyatida emas, Entoni Gordonga esa Myunxenning "Bavariya" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ma'lumot uchun, "Transfermarkt" portali 25 yoshli Xvicha Kvarasxeliyaning bozor qiymatini 90 mln yevroga, xuddi shu yoshdagi Entoni Gordonni esa 60 mln yevroga baholagan.
Mikel Arteta boshqaruvidagi "Arsenal" jamoasi bugun Angliya Premyer ligasi doirasida o'z maydonida "Nyukasl"ni qabul qiladi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:30 da start oladi.
Hozirda londonliklar chempionlik poygasida yetakchi o'rinlarni egallash uchun kurashni davom ettirmoqda. Ekspertlar ushbu bahsni turnir jadvalidagi o'rinlar taqsimoti uchun muhim ahamiyatga ega deb hisoblamoqda.