Enrike Kvarashelianing dublidan so'ng uning darajasiga baho berdi

0
Enrike Kvarashelianing dublidan so'ng uning darajasiga baho berdi
Fransiya chempionati (Liga 1)ning 26-turidan o'rin olgan qoldirilgan bahsda «PSJ» o'z maydonida «Nant» jamoasini qabul qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Parijliklarning ustunligida kechgan uchrashuv 3:0 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi. Mazkur o'yinda parijliklarning gruziyalik vingeri Xvicha Kvarashelia raqib darvozasiga ikkita gol urib, g'alabaga munosib hissa qo'shdi.

Uchrashuvdan so'ng jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike gruziyalik futbolchining o'yiniga yuqori baho berdi. Ispaniyalik mutaxassisning ta'kidlashicha, Kvarashelia nafaqat hujumda, balki himoya harakatlarida ham faollik ko'rsatmoqda.

«Kvarashelia butun mavsum davomida yuqori saviyadagi futbol namoyish etmoqda. Men nafaqat uning mahoratini, balki xarakterini ham alohida e'tirof etmoqchiman.

U raqibning kimligidan qat'i nazar, himoya harakatlarida ham faol ishtirok etadi. Bu jamoa uchun juda muhim jihat», — dedi parijliklar ustozi beIN Sports nashriga bergan intervyusida.

Ma'lumot uchun, Xvicha Kvarashelia joriy mavsumda «PSJ» tarkibida barcha musobaqalarda jami 42 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Gruziyalik futbolchi ushbu bahslarda o'z hisobiga 16 ta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

Parij klubi ushbu g'alabadan keyin turnir jadvalidagi peshqadamligini yanada mustahkamladi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari