Fransiya nashri Safonovning «PSJ»dagi o'yinini ijobiy baholadi

0
Fransiya nashri Safonovning «PSJ»dagi o'yinini ijobiy baholadi
PSJ Fransiya chempionatida g'alabaga erishdi Fransiya chempionatining 26-turidan o'rin olgan uchrashuvda PSJ o'z maydonida "Nant" jamoasini qabul qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Parijda bo'lib o'tgan bahs mezbonlarning 3:0 hisobidagi ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi. Parijliklar safida darvozabon Matvey Safonov navbatdagi bor uchrashuvni to'liq o'tkazdi.

Fransiyaning nufuzli Lequipe nashri rossiyalik darvozabonning o'yiniga to'xtalar ekan, uning harakatlarini ijobiy baholadi. Nashrga ko'ra, Safonov "Nant" hujumchisi Ablinning zarbalari paytida diqqat bilan harakat qilgan va tanaffusdan so'ng deyarli qiyinchilikka duch kelmagan.

Shuningdek, nashr bosh murabbiy Luis Enrike Safonovga ishonch bildirishda davom etayotganini qayd etdi. Ma'lumot uchun, ushbu o'yin Safonov uchun PSJ asosiy tarkibidagi ketma-ket 17-uchrashuv bo'ldi.

Ushbu g'alabadan so'ng Luis Enrike shogirdlari ochkolari sonini 66 taga yetkazib oldi va Fransiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. Avvalroq klub mutasaddilari Safonov, shuningdek, boshqa yetakchi futbolchilar bo'yicha yangi ma'lumotlarni taqdim etgan edi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari