Roy Kin: «Tottenxem» APLda qolishiga barcha pulingizni tiking

0
Roy Kin: «Tottenxem» APLda qolishiga barcha pulingizni tiking
Roy Kin: «Tottenxem» Angliya Premyer ligasida albatta qoladi «Manchester Yunayted» klubining sobiq sardori Roy Kin Angliya Premyer ligasida jon saqlab qolish uchun kurashayotgan «Tottenxem» jamoasining imkoniyatlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Sobiq futbolchi London klubining elit diviziondagi o'rnini saqlab qolishiga to'la ishonch bildirdi. «Tottenxem» yuz foiz ehtimol bilan Angliya Premyer ligasida qoladi.

Bunga barcha mablag'ingizni tikishingiz mumkin. Shunchaki barcha pullaringizni «shporlar»ning elitada qolishiga tiking», — dedi Kin «The Overlap» nashriga bergan intervyusida.

Hozirgi vaqtda «Tottenxem» Angliya chempionati turnir jadvalida 33 turdan so'ng 31 ochko jamg'argan holda 18-o'rinni egallab turibdi. Jamoa ligada qolish imkonini beruvchi 17-pog'onadagi «Vest Xem»dan ikki ochko ortda qolmoqda.

Navbatdagi turda «Tottenxem» jamoasi «Vulverxempton» mehmoni bo'ladi. Mazkur uchrashuv 25-aprel kuni bo'lib o'tishi belgilangan.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari