
"Vest Xem" "Kristal Pelas" bilan durang natija qayd etdi
Angliya chempionatining 33-turni yakuniy uchrashuvida "Vest Xem" jamoasi "Kristal Pelas" bilan o'yinda ochko olib qoldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Shu tariqa,ular "Tottenxem"ning ularga yaqinlashishiga yo'l qo'ymadi. "Molotoboychilar"ning portugaliyalik murabbiyi Nuno Eshpirito Santu natijadan mamnun.
"Yaxshi, ixcham va tashkiliy o'yin ko'rsatdik. Uchrashuv qiyin kechdi.
Raqib so'nggi vaqtlarda o'zini ko'rsatmoqda, ayniqsa o'z maydonida. Ular tezkor hujumlarda xavfli.
Biz oxirgi turga qadar kurashishga tayyormiz", - dedi Santu BBC Sport nashriga bergan intervyusida. 33 turdan so'ng "Vest Xem"da ham xuddi shuncha ochko bor - 33.
O'rtacha hisobda jamoa har bir o'yinga bir ochko to'plamoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0