
"Vulverhempton" Angliya Premyer-ligasida qolish imkoniyatidan mahrum bo'ldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Jamoa uchun halokatli nuqta "Kristal Pelas" va "Vest Xem" o'rtasidagi (0:0) durang natija bo'ldi. Mavsum yakunlanishiga besh tur qolganida "Vulverhempton" hisobida 17 ochko bor.
Jamoani qutqaruvchi 17-o'rindan 16 ochko ajratib turibdi, ammo ular ko'pi bilan 15 ochko to'play oladi. "Vulverhempton" so'nggi sakkiz yil davomida Premyer-ligada to'p surdi.
Ehtimol, ularga "Byornli" va London klublaridan biri – "Vest Xem" yoki "Tottenxem" qo'shiladi. Shuningdek, tushib ketish zonasiga yaqin joylarda "Nottingem Forest" va "Lids" klublari ham bor.
Avvalroq, Frank Lempard boshchiligidagi "Koventri" 25 yillik tanaffusdan so'ng Premyer-ligaga qaytgani haqida xabar berilgan edi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0