Jon Ternus Apple bosh direktori lavozimiga tayinlandi, Tim Kuk rais bo'ladi

Jasur Islomov1 daqiqalik o'qish

Jon Ternus Apple bosh direktori lavozimiga tayinlandi, Tim Kuk rais bo'ladi
Apple kompaniyasi rahbariyat tarkibida muhim o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab Jon Ternus kompaniyaning bosh ijrochi direktori (CEO) lavozimiga tayinlanadi, Tim Kuk esa Kengashning ijrochi raisi sifatida faoliyat yuritadi. Bu haqda xorijiy OAV xabar berdi.

Tim Kuk o'z vazifalaridan voz kechmay, yangi bosh direktor bilan hamkorlikda kompaniyaning barqaror rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan o'tish davrini boshqaradi. U, ayniqsa, siyosiy aloqalar va boshqa muhim masalalar bilan shug'ullanadi. Kuk o'z nutqida bosh direktor lavozimidagi faoliyati uning hayotidagi eng katta sharaf ekanligini ta'kidladi.

Jon Ternus esa, Apple’ning missiyasini davom ettirish imkoniyatidan mamnun ekanligini bildirdi. U Stiv Jobs va Tim Kuk kabi mutaxassislar bilan ishlaganligi o'ziga katta omad keltirganini qayd etdi. Ternus kelajakda kompaniya yanada yuksak natijalarga erishishiga ishonch bildirdi.

Shuningdek, 15 yildan beri Apple’ning ijrochi bo'lmagan raisi bo'lgan Artur Levinson 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab bosh mustaqil direktor lavozimiga o'tadi. Jon Ternus ham shu sanadan boshlab direktorlar kengashiga a'zo bo'ladi. Levinson Tim Kukning rahnamoligini yuqoli baholadi va Jon Ternusni uning munosib vorisi deb hisoblaydi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish