Apple boshqaruvida o'zgarish: Jon Ternus yangi rahbar bo'ldi

0
Apple boshqaruvida o'zgarish: Jon Ternus yangi rahbar bo'ldi
"Apple" kompaniyasida rahbarlik lavozimida muhim o'zgarishlar sodir bo'ldi. Kompaniyani uzoq yillardan buyon boshqarib kelayotgan Tim Kuk lavozimidan chetlashtirildi va uning o'rnini apparat ta'minoti sohasida keng tajribaga ega bo'lgan Jon Ternus egalladi. Bu haqda xorijiy OAV xabar bermoqda.

Jon Ternus 2001 yildan beri "Apple" jamoasida faoliyat yuritib kelmoqda. Uning faoliyat davomida "AirPods", "Apple Watch" va "Vision Pro" kabi mashhur mahsulotlar yaratilishida bevosita ishtiroki bo'ldi. Yangi rahbarning tayinlanishi kompaniyaning rivojlanish yo'nalishiga yangi tus berishi kutilmoqda.

Mutaxassislarning prognozlariga ko'ra, Ternus boshchiligida "Apple" texnik qurilmalarga yanada ko'proq e'tibor qaratadi. Kompaniya sun'iy intellekt texnologiyalarini mahsulotlariga integratsiya qilishga alohida urg'u beradi. Shuningdek, u aqlli ko'zoynaklar, taqiladigan kameralar va robototexnika sohasidagi loyihalarni jadallashtirishi mumkin.

Kutilayotganidek, bu yil sentyabr oyida buklama ekranli "iPhone" modellari taqdim etilishi mumkin. Biroq, yangi rahbar bir qator qiyinchiliklarga ham duch kelishi mumkin. AQShning yangi bojxona siyosati va Xitoyga bo'lgan ishlab chiqarish bog'liqligi "Apple" uchun jiddiy xavf tug'dirmoqda. Kompaniya ushbu xavflarni kamaytirish maqsadida ishlab chiqarish quvvatlarining bir qismini Hindistonga ko'chirmoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Texnologiya yangiliklari