iPhone 18 Pro: qora rang o‘rniga yangi ranglar sinovda

0
iPhone 18 Pro: qora rang o‘rniga yangi ranglar sinovda
Apple kompaniyasi iPhone 18 Pro smartfonlari uchun yangi rang palitrasini sinovdan o‘tkazmoqda, klassik qora rang esa assortimentdan chiqarilishi mumkinligi haqida xabar qilinmoqda. “MacRumors” nashri “Instant Digital” manbasiga tayanib, premium smartfonlar uchun qora rang o‘rniga yangi, diqqat qashlovchi ranglar ustida ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi. Avvalroq iPhone 17 Pro va iPhone 17 Pro Max modellari ham qora yoki to'q kulrang ranglarda taqdim etilmagandi.

Hozirgi kunda ushbu flagmanlar kumushrang, to'q sariq va to'q ko'k ranglarda sotuvda mavjud. “Bloomberg” jurnalisti Mark Gurman ma’lumotiga ko'ra, iPhone 18 Pro uchun to'q qizil rangdagi korpus varianti ham sinovdan o'tkazilmoqda. Insayderlar avvalroq binafsha va jigarrang ranglar haqida ham gapirgan, biroq Gurman bu ranglarning qizil rangning turli soyalari ekanligini ta’kidlaydi.

Shu bilan birga, Apple kompaniyasi buklama iPhone modelida ranglar tanlashga yanada konservativ yondashmoqda. Kelajakdagi buklama smartfon uchun Space Gray yoki klassik qora, kumush yoki oq ranglar asosiy variantlar bo'lishi mumkin.

iPhone 18 Pro liniyasi sentyabr oyida taqdim etilishi kutilmoqda, buklama smartfon esa yil oxirida bozorga chiqarilishi mumkin. Ushbu ma'lumotlar xorijiy OAVda e'lon qilindi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Texnologiya yangiliklari