OnePlus Watch 4 taqdim etildi: Wear OS 6 va titan korpusda yangi smart soat

0
OnePlus Watch 4 taqdim etildi: Wear OS 6 va titan korpusda yangi smart soat
OnePlus kompaniyasi yangi avlod smart soati – OnePlus Watch 4 modelini taqdim etdi. Ushbu soat Wear OS 6.0 operatsion tizimi va Oxygen OS Watch 8 qobig'i asosida ishlaydi. Dasturiy ta'minot yangilanganiga qaramay, qurilma Qualcomm Snapdragon W5 protsessori va BES 2800 soprotsessori bilan jihozlangan.

OnePlus Watch 4 ning korpusi titan qotishmasidan yasalgan bo'lib, tasmachasiz vazni 43 grammni tashkil etadi. Soat 466x466 pikselli LTPO OLED displeyga ega bo’lib, displey sapfir shisha bilan himoyalangan. Oddiy rejimda ekran yorqinligi 600 kd/m² ni, sport rejimida esa 3000 kd/m² ni etadi.

Qurilmaning xotirasi 2 GB tezkor va 32 GB doimiy xotiradan iborat. OnePlus Watch 4 IP69, IP68 va MIL-STD-810H standartlariga mos keladi hamda 50 metrgacha suv o'tkazmaydi. 646 mA·soat sig'imli akkumulyatori intensiv foydalanishda 3 kungacha, energiya tejash rejimida 16 kungacha ishlashi mumkin.

Hozirga qadar ushbu smart soatning sotuvga chiqish sanasi va narxi haqida ma'lumotlar e'lon qilinmadi. Xorijiy OAV xabar berishicha, OnePlus Watch 4 zamonaviy texnologiyalar va chidamlilikni o'zida mujassam etgan.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Texnologiya yangiliklari