Xitoyda 1100 km masofada yuradigan Wuling Xingguang 730 miniveni taqdim etildi

0
Xitoyda 1100 km masofada yuradigan Wuling Xingguang 730 miniveni taqdim etildi
Xitoyda Wuling Xingguang 730 Premium Edition oilaviy minivenining taqdimoti bo'lib o'tdi. Ushbu yangi model xaridorlarga benzinli, gibrid va to'liq elektr variantlari bilan taqdim etiladi. Gibrid versiyasi Lingxi Power 3.0 tizimi bilan jihozlangan bo'lib, u 1,5 litrli dvigatel va elektr motoridan iborat.

Gibrid miniven 20,5 kVt/soat sig'imga ega akkumulyatorga ega. Uning yordamida faqat elektr energiyasida 125 kilometr, umumiy hisobda esa 1100 kilometr masofani bosib o'tish mumkin. Yoqilg'i sarfi 100 kilometrga 1,83 litrni tashkil etadi, narxi esa 112 ming yuandan boshlanadi.

To'liq elektr variantida 136 ot kuchiga ega motor va 60 kVt/soatlik batareya o'rnatilgan. Ishlab chiqaruvchining ma'lumotlariga ko'ra, batareyani bir marta to'plash bilan 500 kilometr yo'l yurish mumkin. Batareyani tezkor quvvatlash orqali 20 daqiqada 30 foizdan 80 foizgacha zaryadlash imkoniyati mavjud, ushbu modelning narxi 118 ming yuan.

Oddiy benzinli dvigatelli model 1,5 litrli turbo dvigatel va variatorga ega bo'lib, 92 ming yuanga baholanmoqda. Minivenning uzunligi 4910 millimetr, g'ildiraklar bazasi 2910 millimetrni tashkil etadi. Salon 7 kishilik bo'lib, o'rindiqlar 2+2+3 konfiguratsiyasida joylashtirilgan. Ushbu avtomobil 12,8 dyuymli media tizimi, iqlim nazorati, yomg'ir va yorug'lik sensorlari, adaptiv kruiz-kontrol kabi zamonaviy texnologiyalarga ega. Shuningdek, o'ng tomondagi suriluvchi eshik va bagaj qopqog'i elektr yuritma yordamida boshqariladi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Texnologiya yangiliklari