
Jessi Lingard Brunu Fernandeshni "Oltin to'p"ga nomzodlar qatorida ko'rmoqda "Manchester Yunayted" klubining sobiq a'zosi Jessi Lingard jamoa yarim himoyachisi Brunu Fernandeshning joriy mavsumdagi o'yinlariga yuqori baho berdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Lingardning ta'kidlashicha, portugaliyalik futbolchi ko'rsatayotgan natijalari bilan nufuzli "Oltin to'p" mukofotiga da'vogarlar ro'yxatidan joy olishga munosib. "Uning joriy mavsumda "Manchester Yunayted" safidagi ishtiroki hayratlanarli darajada bo'ldi.
Fernandesh ushbu sovrin uchun kurashadiganlar orasida bo'lishi shart", — deya Lingardning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda BBC Sport nashri. Hozirda Braziliyaning "Korintians" klubi sharafini himoya qilayotgan Lingard Fernandesh bilan do'stona munosabatda ekanini ham qo'shimcha qildi.
Uning so'zlariga ko'ra, Brunu har doim uni qo'llab-quvvatlagan va maslahat berishga tayyor bo'lgan. Ma'lumot o'rnida, Fernandesh joriy mavsumda APL doirasida 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 18 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.
U Angliya chempionati tarixida bir mavsumdagi eng yaxshi assistent rekordini yangilashga yaqin turibti. Hozirda Brunu ushbu ko'rsatkich bo'yicha Tyerri Anri va Kevin De Bruyne qayd etgan rekordni takrorlash uchun yana 2 ta golli uzatma amalga oshirishi kifoya.