
Xitoyning XPeng Motors kompaniyasi yangilangan XPeng P7 elektromobili Ginnes rekordlar kitobiga kiritilganini e'lon qildi. Ushbu elektromobil nam yo'lda to'xtovsiz drift qilish bo'yicha yangi rekord o'rnatdi. Xorijiy OAV xabariga ko'ra, sinov davomida avtomobil boshqariladigan sirpanish holatida 73,594 kilometr masofani bosib o'tdi.
Mazkur rekordni o'rnatish jarayoni 1 soat 33 daqiqa davom etdi, avtomobil Suchjou shahridagi maxsus poligonning 216 ta aylanasini muvaffaqiyatli yakunladi. Poligon yuzasi muzlagan yoki qorli yo'llarni taqlid qiluvchi keramika bilan qoplangan bo'lib, uning tishlashish koeffitsiyenti 0,3 ga teng edi. Kompaniya vakillari bu test avtomobil shassi va elektr tizimlarining barqarorligini aniqlash maqsadida o'tkazilganini bildirdilar.
XPeng P7 modeli AES faol xavfsizlik tizimi bilan jihozlangan, bu tizim sirpanchiq yo'llarda favqulodda manevr qilishga yordam beradi. Ushbu muvaffaqiyatni Xiaomi asoschisi Ley Tszyun ham XPeng jamoasiga tabrikladi.
Shuningdek, 2026 yilga mo'ljallangan XPeng P7+ modeli ham taqdim etildi. Elektrik versiyasi 725 kilometrgacha, gibrid varianti esa 1550 kilometrgacha masofani bosib o'tish imkoniyatiga ega bo'ladi.