Rossiya 2026 yilda avtomobillar uchun chiplar yetkazib berishni boshlaydi

0
Rossiya 2026 yilda avtomobillar uchun chiplar yetkazib berishni boshlaydiRossiya transporti uchun yangi mikrokontrollerlar 2026 yilda taqdim etiladi Rossiyaning «Element» kompaniyalar guruhi tarkibiga kiruvchi elektron texnika ilmiy-tadqiqot instituti transport sohasi uchun mo'ljallangan mikrosxemalarni yetkazib berishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashri bergan ma'lumotga ko'ra, mazkur texnologik qurilmalarning dastlabki partiyasi 2026 yilning to'rtinchi choragida sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. Yangi ishlanma litsenziyalashni talab qilmaydigan va ochiq platforma hisoblangan RISC-V arxitekturasiga asoslangan 32 razryadli mikrokontrollerdir.

Hozirgi vaqtda ushbu chip Rossiyadagi transport vositalari uchun maxsus elektron bloklar ishlab chiqaruvchi yirik korxonada sinov jarayonlaridan o'tkazilmoqda. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, mazkur mikrosxemalar avtomobil dvigatellarini boshqarish, navigatsiya hamda telematika tizimlarida keng qo'llanilishi ko'zda tutilgan.

Ushbu loyihaning amalga oshirilishi Rossiya avtomobil sanoatida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini sezilarli ravishda oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, yangi texnologik yechimlar sohaning xorijiy butlovchi qismlarga bo'lgan bog'liqligini kamaytirish imkonini beradi.

Mazkur qadam Rossiya elektronika sanoatining ichki ehtiyojlarini ta'minlash yo'lidagi navbatdagi bosqich sifatida baholanmoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari