
"PSJ" Matvey Safonov bilan shartnomani uzaytirishga tayyorlanmoqda Taniqli agent Timur Gurtskaya Aleksandr Kerjakov bilan suhbat davomida "PSJ" darvozaboni Matvey Safonovning kelajagi borasidagi ma’lumotlar bilan bo'lishdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Gurtskayaning so'zlariga ko'ra, Parij klubi rossiyalik futbolchi bilan amaldagi kelishuv muddatini uzaytirishga qaror qilgan. "Men bilishimcha, hozirda "PSJ" unga yaxshilangan shartlar asosida yangi shartnoma taklif qilmoqda.
Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi unga katta ishonch bildirmoqda", — dedi Gurtskaya YouTube platformasidagi ko'rsatuvlardan birida. Joriy mavsum davomida Safonov raqobatda ustun kelib, "PSJ" jamoasining asosiy darvozaboniga aylandi.
Avvalroq asosiy tarkibda harakat qilgan Lyuka Shevalye esa ayni paytda zaxira o'rindig'idan joy olgan. Ma'lumot uchun, Safonovning amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar imzolangan edi.
Parijliklar navbatdagi uchrashuvini 28-aprel, seshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida Myunxenning "Bavariya" jamoasiga qarshi o'tkazadi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start olishi belgilangan.