
Parij klubi Lyuka Shevalyeni Janluiji Donnarummaga munosib raqobatchi va kelajakda uning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan posbon sifatida tarkibga qo'shib olgan edi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Biroq kutilmaganda fransiyalik darvozabon rossiyalik legioner Matvey Safonov bilan raqobatda imkoniyatni boy berib, jamoaning uchinchi tanloviga aylanib qoldi. Avvalroq OAVda futbolchining Parij hayotiga moslashishi qiyin kechayotgani va uning ruhiy holati barqaror emasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Biroq "Le Parisien" nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, Shevalye vaziyatni xotirjam qabul qilmoqda va tushkunlikka tushmagan. "Lyuka Shevalyeda hech qanday ruhiy muammolar yo'q, garchi tashqaridan shunday ko'rinsa ham.
U hozirgi holatni boricha qabul qilishi kerak va u buni uddalamoqda. Darvozabon o'zini jamoadan chetlatilgan deb hisoblamaydi.
Lyuka zaxira o'yinchisi rolini munosib qabul qilishga va asosiy tarkib uchun oxirigacha kurashishga tayyor", — deya ta'kidlagan futbolchining yaqinlaridan biri. Ma'lumot uchun, 24 yoshli darvozabon o'tgan yilning avgust oyida 40 mln yevro evaziga "Lill" klubidan PSJ safiga o'tgan edi.
Hozirda u parijliklar safida o'z mahoratini ko'rsatish uchun navbatdagi imkoniyatni kutmoqda.