Volkswagen kompaniyasi Toshkentda avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish1

Volkswagen kompaniyasi Toshkentda avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadiGermaniyaning nufuzli avtomobilsozlik korporatsiyasi Volkswagen O‘zbekiston avtomobil sanoatini rivojlantirish dasturi doirasida Toshkent shahrida o‘z ishlab chiqarish quvvatlarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Britaniyaning Just Auto nashri o‘z tahliliy materialida ma’lum qildi. Loyihaning dastlabki bosqichi poytaxtda avtomobillarni yirik bo‘g‘inli yig‘ish jarayonini tashkil etishni ko‘zda tutadi.

Kelgusida esa ishlab chiqarish jarayonlarini Angren erkin iqtisodiy zonasi hududiga ko‘chirish va mahalliylashtirish darajasini sezilarli darajada oshirish maqsad qilingan. Mazkur tashabbus 2025 yil iyun oyida imzolangan strategik hamkorlik bitimi asosida O‘zavtosanoat davlat kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshiriladi.

Nashr tahliliga ko‘ra, O‘zbekiston avtomobil bozori so‘nggi yillarda barqaror o‘sish ko‘rsatkichlarini qayd etmoqda. Ayni damda mamlakatda Chevrolet, BYD, KIA va Hyundai kabi xalqaro brendlar bilan hamkorlikda ishlayotgan beshta yirik zavod faoliyat yuritib, 10 mingdan ortiq ishchi o‘rnini ta’minlamoqda.

Shuningdek, 300 dan ziyod mahalliy korxona sanoat uchun butlovchi qismlar yetkazib berish tizimiga jalb qilingan. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, ilmiy-tadqiqot salohiyatini kuchaytirish hamda 2026 yil yakuniga qadar avtokomponentlar bozorini rivojlantirishga qaratilgan kompleks strategiyani ishlab chiqish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish