
Arsen Zaxaryanning agenti Gennadiy Golubin uning kelajagi haqida fikr bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
2023-yildan buyon Ispaniyaning «Real Sosedad» klubida to'p surayotgan Rossiya yarim himoyachisi yaqinda faoliyatidagi ilk sovrinini – Ispaniya Kubogini qo'lga kiritdi. «Match TV»ning Zaxaryanning yaqin transfer oynasida boshqa jamoaga o'tishi haqidagi savoliga javoban, Golubin shunday dedi:
"Klub rahbariyati bilan gaplashamiz, ularning rejalari, Arsenning rejalari qandayligini bilib olamiz.
Shu asosda harakat qilamiz". Salomatlik bilan bog'liq muammolar tufayli 22 yoshli Zaxaryan ko'plab o'yinlarni o'tkazib yubordi va sog'lom bo'lganida ham har doim tarkibga tusha olmadi.
Joriy mavsumda u 20 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Uning shartnomasi 2029-yilgacha amal qiladi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0