
"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa o'z fikridan qaytmadi – u jamoaning Chempionlar ligasidan chiqib ketishiga hakamning xatosi sabab bo'lganiga ishonadi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Ma'lumot o'rnida, o'yinning ikkinchi taym oxirida hakam Slavko Vincich Eduardo Kamavingaga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatdi. O'sha paytda "Real" "Bavariya" mehmoni bo'lib, 3:2 hisobida oldinda borayotgan edi va o'yin qo'shimcha taymlarga o'tishi mumkin edi.
Ko'pchilik bo'lib olgan myunxenliklar 4:3 hisobida g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l olishdi. "Kamavinga "Bavariya"ga qarshi o'yinda yuz bergan hodisadan, biz kabi, qattiq iztirob chekmoqda.
Menimcha, bu hakamning aniq xatosi edi, mutlaqo yaqqol ko'rinib turgan xato. Hakamning o'yinchida allaqachon sariq kartochka borligini bilmagani aniq.
Mening fikrimcha, buni bilmaslik uning jiddiy xatosi bo'ldi", - dedi Arbeloa matbuot anjumanida. 21-aprel, seshanba kuni, "Real" Ispaniya chempionatida "Alaves"ni qabul qiladi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0