
Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga jamoani tark etish niyati yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
So‘nggi oylarda fransuz futbolchisi boshqa klublarga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlar sport olamida keng muhokama qilinayotgan edi. Ayniqsa, Chempionlar ligasining 1/4 final bosqichida «Bavariya»ga qarshi o‘tkazilgan javob uchrashuvi futbolchi uchun muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
Kamavinganing noto‘g‘ri harakati natijasida maydonni tark etishi jamoaga og‘ir zarba berdi: «qaymoqli»lar ushbu voqeadan so‘ng ikkita gol o‘tkazib yubordi va turnirdan chiqib ketdi. Ushbu voqea futbolchining klubdagi mavqeiga shubha uyg‘otgan edi.
Biroq, Cadena SER nashrining xabariga ko‘ra, 23 yoshli sportchi yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida Madridni tark etishni rejalashtirmagan. Futbolchiga yaqin manbalar barcha tarqalgan mish-mishlarni rad etdi va u jamoa bilan birga ishlashda davom etishini tasdiqladi.
Ta’kidlash joizki, Eduardo Kamavinganganing madridlik gigant bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yozigacha amal qiladi.