
Angliyaning “Liverpul” klubi himoyachisi Endryu Robertson klubdagi kelajagi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berib, shartnomasini uzaytirishdan bosh tortishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar bermoqda.
Sky Sports nashriga bergan intervyusida shotlandiyalik futbolchi "qizillar" rahbariyati unga hamkorlikni uzaytirish bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqmagani bilan izohladi. Futbolchining so'zlariga ko'ra, tomonlar bu mavzuni faqat umumiy suhbatlar doirasida muhokama qilishgan, biroq ishlar aniq kelishuvga kelmagan.
Bundan tashqari, Robertson o'tgan mavsumda ham, shu yilning yanvarida ham jamoani tark etish haqida o'ylaganini, ammo yakunda mersisaydliklar gigantida qolishga qaror qilganini tan oldi. Avvalroq, sport OAVlarida himoyachi 2025/2026 yilgi mavsum yakunida klubni tark etishi mumkinligi haqida malumotlar paydo bo'lgandi.
Endryu Robertson 2017-yildan buyon “Liverpul” safida to‘p suradi va jamoadagi faoliyati davomida asosiy himoyachiga aylandi. U klub safida jami 373 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urgan va 69 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0