Mateush Fernandes: mavsum oxirigacha kurashamiz

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Mateush Fernandes: mavsum oxirigacha kurashamiz
"Vest Xem" "Kristal Pelas" bilan durang qayd etdi

Angliya chempionatining 33-turidan o'rin olgan so'nggi o'yinda "Vest Xem" London derbisida "Kristal Pelas" bilan ochkolarni bo'lishib oldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

"Mishkalar" yarim himoyachisi Mateush Fernandes o'yin natijasini ijobiy baholadi va mavsumning qolgan qismidagi istiqbollarga optimistik munosabatda bo'ldi. "Birinchi taymimiz ikkinchisidan yaxshiroq o'tdi.

G'alaba qozonish uchun imkoniyatlarimiz bo'ldi. Bir ochko qo'lga kiritdik.

Bu yomon natija emas. Hozir har qanday ochko muhim.

Biz klub taqdiri uchun har bir o'yinchi o'z mas'uliyatini his qilgan holda, oxirigacha kurashishga tayyormiz", — deya Fernandesning so'zlaridan iqtibos keltiradi BBC Sport. "Vest Xem"ning chempionatda qolish uchun asosiy raqobatchisi "Tottenxem" hisoblanadi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish