Huawei Xitoy bozorida iPhone 17 Pro modelini ortda qoldirdi
2026 yilning 16-haftasi yakunlariga ko'ra, Huawei kompaniyasining Enjoy 90 Pro Max smartfoni Xitoy bozorida sotuv hajmi bo'yicha iPhone 17 Pro modelidan o'zib ketdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. RDObservation tahliliy agentligi hisobotiga tayanib Ixbt.com nashrining ma'lum qilishicha, ayni paytda mamlakat smartfon bozorida Huawei va Apple qurilmalari mutlaq ustunlikka ega. Reyting ko'rsatkichlari o'zgargan bo'lsa-da, Huawei kompaniyasi 23,2 % ulush bilan Xitoyda umumiy yetakchilikni saqlab qolmoqda.
Ikkinchi pog'onani har biri 15,8 % dan ulushga ega bo'lgan Apple va Oppo brendlari egallab turibdi. Shuningdek, kuchli beshlikdan Vivo (15 %), Xiaomi (14,2 %) va Honor (10,5 %) kompaniyalari joy olgan.
Joriy yilning 23 mart kuni taqdim etilgan Enjoy 90 turkumi uchta modelni o'z ichiga oladi. Mazkur qurilmalar Kirin 8000 protsessori va HarmonyOS 6 operatsion tizimi asosida ishlaydi.
Ma'lumotlarga ko'ra, yangi turkum sotuvga chiqqan dastlabki kunning o'zidayoq 250 000 dona smartfon sotilgan.