Honor yangi smartfonlar seriyasini global bozorga chiqardi
Honor 600 va Honor 600 Pro modellari Yevropa, Yaqin Sharq, Afrika hamda Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida rasman sotila boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Ixbt.com nashrining ishlab chiqaruvchi ma'lumotlariga tayanib xabar berishicha, ushbu seriya oldindan buyurtma berish ko'rsatkichlari bo'yicha Honor 400 natijalaridan o'zib ketdi. Xususan, Gongkong bozorida talab o'tgan avlodga qaraganda 60 % ga yuqori bo'lgan.
Malayziya va BAAda esa oldindan buyurtmalar miqdori 150 % dan ortiq o'sishni ko'rsatdi. Asosiy model 120 Gs yangilanish chastotasiga ega 6,57 dyuymli AMOLED displey bilan jihozlangan bo'lib, uning maksimal yorqinligi 8000 nitni tashkil etadi.
Qurilma Snapdragon 7 Gen 4 protsessori va 12 GB tezkor xotira asosida ishlaydi. Smartfonning orqa panelidan 200 va 12 megapikselli sensorlardan iborat kamera tizimi joy olgan.
Honor 600 Pro versiyasi yanada yuqori texnik imkoniyatlarga ega. Unga Snapdragon 8 Elite platformasi hamda 3,5 karrali optik yaqinlashtirish xususiyati mavjud 50 megapikselli qo'shimcha kamera o'rnatilgan.
Ta'kidlanishicha, Yevropa mintaqasi uchun mo'ljallangan qurilmalarda akkumulyator sig'imi biroz farq qiladi: u 7000 mA/soatdan 6400 mA/soatga tushirilgan. Ikkala smartfon ham Android 16 operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi.
Ishlab chiqaruvchi ushbu modellar uchun 6 yil davomida dasturiy yangilanishlar taqdim etilishini kafolatladi. Hozirda Yevropa bozorida standart model xotira hajmiga qarab 550 dan 700 yevrogacha, Pro talqini esa 1000 yevrodan sotuvga qo'yilgan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0