Huawei kompaniyasi Xitoy bozorida oʻzining yangi nova 16 turkumiga mansub eng ilgʻor model — nova 16 Ultra smartfonini taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Ixbt.com manbasiga koʻra, mazkur qurilma texnik jihatdan yuqori samaradorlik va mustahkamlikni oʻzida mujassam etgan. Smartfon 7000 mAch sigʻimli akkumulyator bilan taʼminlangan boʻlib, u 100 vattli simli, 50 vattli simsiz hamda 7,5 vattli teskari quvvatlash imkoniyatlarini qoʻllab-quvvatlaydi.
Korpus dizayni IP68 va IP69 standartlari asosida ishlab chiqilgan boʻlib, bu qurilmani suv va chang taʼsiridan samarali himoya qiladi. Qurilmaning 6,84 dyuymli LTPO OLED ekrani Full HD+ aniqlik hamda 120 Hz yangilanish chastotasini taqdim etadi.
Displey yuzasi mustahkam Kunlun Glass oynasi bilan qoplangan, uning maksimal yorqinlik darajasi esa 6000 nitni tashkil etadi. Smartfon Kirin 9010S protsessori hamda HarmonyOS 6.1 operatsion tizimida ishlaydi.
Shuningdek, qurilma Beidou sunʼiy yoʻldosh tizimi orqali maʼlumot almashish imkoniyatiga ega. Kamera tizimiga toʻxtaladigan boʻlsak, orqa panelda ekokoja bilan qoplangan blokda 200 megapikselli RYYB sensori, 50 megapikselli teleobyektiv hamda 50 megapikselli oʻta keng burchakli modul joylashgan.
Old panelda esa 50 megapikselli selfi-kamera va spektral datchik oʻrnatilgan. Xitoyda 256 GB xotirali talqin 695 dollardan, 1 TB xotirali versiya esa 855 dollardan sotuvga chiqariladi.
Rasmiy savdo jarayonlari 6-iyun sanasidan boshlanishi rejalashtirilgan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0