«Liverpul» muxlislari chipta narxi oshishiga norozilik bildirdi

0
«Liverpul» muxlislari chipta narxi oshishiga norozilik bildirdi
«Liverpul» futbol klubi ishqibozlari jamoaning uy uchrashuvlari uchun chiptalar narxi oshirilishi rejalashtirilayotganidan keskin norozilik bildirmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Angliya Premyer ligasining 34-turi doirasida «Kristal Pelas»ga qarshi kechgan bahsning 13-daqiqasida «Enfild» stadioni tribunalarida o'ziga xos norozilik aksiyasi o'tkazildi. Muxlislar o'yin davomida yuqoriga sariq kartochkalarni ko'targan holda klub rahbariyatiga murojaat qilib, «bizga shuning o'zi yetarli» mazmunidagi hayqiriqlarni amalga oshirdi.

Ushbu norozilikka joriy yilning mart oyida klub egalari tomonidan e'lon qilingan qaror sabab bo'lgan. Unga ko'ra, kelasi mavsumdan boshlab chiptalar narxi 3 foizga oshishi ko'zda tutilgan.

Ma'lumot o'rnida ta'kidlash joizki, hozirgi vaqtda mersisaydliklar Angliya chempionati turnir jadvalida 58 ochko bilan to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. Muxlislar klubning moliyaviy siyosati oddiy ishqibozlar manfaatlariga zid ekanini ta'kidlab, rahbariyatni ushbu qarorni qayta ko'rib chiqishga chaqirmoqda.

Mazkur hodisa Britaniya sport jamoatchiligi orasida keng muhokamalarga sabab bo'ldi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari