Lynk & Co Xitoyda 09 modelining besh o'rinli versiyasini taqdim etdi
Xitoyning Lynk & Co brendi o'zining flagman krossoveri hisoblangan 09 modelining besh kishiga mo'ljallangan yangi talqinini ichki bozorda sotuvga chiqardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Ixbt.com nashrining yozishicha, avtomobil xaridorlarga uch xil komplektatsiyada taklif etilmoqda. Yangi modelning narxi tanlangan opsiyalarga qarab 300 000 yuangacha hamda 346 000 yuan oralig'ida belgilangan.
SPA Evo platformasida barpo etilgan krossover tashqi ko'rinishidan 490 metrgacha bo'lgan masofani yoritish quvvatiga ega LED faralar, korpusga yashiringan eshik tutqichlari va keng panoramali tom bilan ajralib turadi. Ishlab chiqaruvchi ushbu model uchun maxsus Corona Gold rangini va bir nechta variantdagi g'ildirak disklarini ishlab chiqqan.
Avtomobil interyeri yuqori texnologik yechimlar asosida jihozlangan. Salon qismida 30 dyuymli ikkita 6K ekran, 95 dyuymli proyeksion displey hamda 12,66 dyuymli raqamli asboblar paneli joy olgan.
Tizimning uzluksiz ishlashini ikkita Snapdragon 8295 protsessoriga tayanadigan Lynk Flyme Auto 2 dasturiy ta'minoti ta'minlaydi. Orqa qator yo'lovchilari uchun o'rindiqlarni isitish, shamollatish va 16 nuqtali massaj tizimi o'rnatilgan.
Krossoverning yukxonasi 1030 litr hajmni tashkil etadi, o'rindiqlar yig'ilgan holatda esa foydali maydon 1215 litrgacha kengayadi. Texnik xususiyatlariga ko'ra, mashina 1,5 yoki 2,0 litrli ichki yonuv dvigateli hamda elektr motorlaridan tashkil topgan gibrid qurilma bilan harakatlanadi.
Eng kuchli konfiguratsiya 734 ot kuchiga ega bo'lib, u 100 km/soat tezlikka 4,6 soniyada chiqish imkonini beradi. CATL kompaniyasi tomonidan yetkazib beriladigan batareyalar va to'la yonilg'i baki bilan avtomobil jami 1 363 km masofani bosib o'ta oladi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0