Xiaomi 17T smartfonlarining texnik xususiyatlari va narxlari ma'lum bo'ldi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Xiaomi 17T smartfonlarining texnik xususiyatlari va narxlari ma'lum bo'ldiXiaomi 17T va 17T Pro smartfonlarining texnik xususiyatlari hamda narxlari ma'lum bo'ldi

Tarmoqlarda Xiaomi kompaniyasining kutilayotgan 17T va 17T Pro smartfonlariga oid ma'lumotlar e'lon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Fransiyaning Dealabs nashri bergan xabarga ko'ra, mazkur qurilmalar may oyida Yevropa bozorida namoyish etilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Ixbt.com nashri ma'lumot tarqatdi.

Xiaomi 17T modeli 6,59 dyuymli AMOLED displey, MediaTek Dimensity 8500 Ultra chipi hamda 6500 mA/soat sig'imli akkumulyator bilan ta'minlanadi. Qurilma 67 Vt quvvatda energiya to'plash imkoniyatiga ega bo'lib, uning 256 GB xotirali varianti 750 yevro narxda taklif etiladi.

Turkumning yuqori versiyasi hisoblangan Xiaomi 17T Pro 6,83 dyuymli ekran, Dimensity 9500 protsessori va 7000 mA/soat quvvatli batareya bilan jihozlanadi. Smartfon 100 Vt simli hamda 50 Vt simsiz quvvatlanish texnologiyasini qo'llab-quvvatlaydi.

Ushbu modelning narxi 1 000 yevro etib belgilanishi kutilmoqda. Har ikki smartfon Android 16 operatsion tizimi va HyperOS 3 interfeysi boshqaruvida ishlaydi.

Agar tarqalgan xabarlar o'z tasdig'ini topsa, 17T turkumi Xiaomi tarixidagi eng qimmat T-seriyasiga aylanadi. Ma'lumotlar hozircha rasman tasdiqlanmagan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish