"Beeline" brendi bilan ishlaydigan "VimpelKom" operatori "USIM-RF" himoyalangan sxemasi asosida tayyorlangan xavfsiz SIM-kartalarni sinovdan o'tkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Ushbu loyiha "Era Texnologiy" kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Mazkur ishlanma ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash bilan birga, xorijiy butlovchi qismlarga bo'lgan ehtiyojni kamaytirishga xizmat qiladi.
Bu haqda Ixbt.com nashri ma'lum qildi. SIM-kartalarni ishlab chiqarishning barcha jarayonlari, xususan, maxfiy kalitlarni shakllantirish va saqlash ishlari Rossiya hududida bajariladi.
"USIM-RF" mahsulotlari soha talablariga mos ravishda kengaytirilishi mumkin bo'lgan ochiq xavfsizlik arxitekturasiga ega. Yangi SIM-kartalarni amaliyotga tatbiq etish uchun amaldagi tarmoq infratuzilmasini qayta jihozlash talab etilmaydi.
"Beeline" telekom-tarmoqlarini himoya qilish yo'nalishi rahbari Yuriy Stashevskiy kiberxavflar va sanksiyalar bosimi kuchaygan bir paytda mahalliy mahsulotlardan foydalanishning ahamiyati ortganini bildirdi. "Era Texnologiy" bosh direktori Aleksey Kaukiaynenning so'zlariga ko'ra, mazkur loyiha bozor uchun keng miqyosda qo'llanilishi mumkin bo'lgan model sifatida ishlab chiqilgan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0