Xitoy nosozliklar sabab robotaksilarga litsenziya berishni to'xtatdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Xitoy nosozliklar sabab robotaksilarga litsenziya berishni to'xtatdiXitoy robotaksilarga yangi litsenziyalar berishni to'xtatdi

Xitoy hukumati Baidu kompaniyasiga qarashli uchuvchisiz transport vositalari faoliyatida kuzatilgan nosozliklar sababli robotaksilar uchun yangi ruxsatnomalar berish jarayonini chekladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Ixbt.com nashri ma'lumot tarqatdi. O'tgan oyda Uxan shahrida Apollo Go loyihasiga tegishli o'nlab robotaksilar texnik nosozlik tufayli kutilmaganda to'xtab qolgan edi.

Mazkur hodisa yo'lovchilar uchun noqulayliklar keltirib chiqardi va ko'chalarda transport harakati buzilishiga sabab bo'ldi. Yuzaga kelgan vaziyat davlat organlari vakillarining jiddiy e'tiroziga asos bo'ldi.

Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi hamda mutasaddi idoralar ishtirokida o'tkazilgan maxsus yig'ilishda xavfsizlik masalalari muhokama qilindi. Regulyatorlar mahalliy hokimiyat organlaridan nazoratni kuchaytirishni va kelgusida shunday holatlarning oldini olish choralarini ko'rishni talab qildi.

Yangi litsenziyalar berilmasligi texnologik kompaniyalarning o'z avtoparkini kengaytirish va boshqa shaharlarda yangi loyihalarni boshlash rejalariga to'sqinlik qiladi. Hozircha ushbu cheklovlar qancha muddat davom etishi bo'yicha aniq ma'lumotlar mavjud emas.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish