Oppo Find X9 Ultra smartfoni 1 300 dollardan sotuvga chiqdi

Madina Yusupova2 daqiqalik o'qish

Oppo Find X9 Ultra smartfoni 1 300 dollardan sotuvga chiqdiOppo kompaniyasi Find X9 Ultra flagmanini xalqaro bozorda taqdim etdi

Xitoyning Oppo texnologiya kompaniyasi o'zining Find X9 Ultra rusumli flagman smartfonini jahon bozoriga chiqardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashrining ma'lum qilishicha, qurilmaning 12 GB tezkor va 256 GB ichki xotiraga ega boshlang'ich talqini 1 300 dollar etib belgilandi. Qurilmaning eng yuqori ko'rsatkichli versiyasi — 16 GB tezkor va 1 TB doimiy xotirali varianti esa 1 600 dollardan sotuvga chiqdi.

Smartfon texnik jihatdan 6,78 dyuymli OLED-displey bilan jihozlangan bo'lib, tasvir aniqligi 3168 x 1440 pikselni tashkil qiladi. Ekran yangilanish chastotasi 144 Gts ga teng.

Qurilma unumdorligi uchun Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori mas'ul hisoblanadi. Gadjet 7 050 mAch sig'imli akkumulyator bilan ta'minlangan hamda 100 Vt simli va 50 Vt simsiz tezkor quvvatlanish tizimlarini qo'llab-quvvatlaydi.

Modelning asosiy o'ziga xosligi uning kamera tizimida aks etadi. Qurilmaga Sony va OmniVision datchiklariga asoslangan 200+50+200+50 megapikselli to'rtta sensor o'rnatilgan.

Shuningdek, tizim tarkibiga 3 va 10 karra kattalashtirish xususiyatiga ega periskoplar kiritilgan. Smartfon foydalanuvchilarga 20 karra optik sifatli hamda 120 karra raqamli zum imkoniyatlarini taqdim etadi.

Flagman Android 16 bazasidagi ColorOS 16 interfeysi boshqaruvida ishlaydi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish