Oppo Find X9 Ultra Yevropada sotuvlar bo‘yicha rekord o‘rnatdi

0
Oppo Find X9 Ultra Yevropada sotuvlar bo‘yicha rekord o‘rnatdiOppo smartfoni Yevropaning 26 davlatida sotuvga chiqdi Xitoyning Oppo kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Find X9 Ultra kamerofoni Yevropa bozorlarida ommalashmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashrining ma'lum qilishicha, qurilma Ispaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Shvetsiya kabi jami 26 ta davlatda rasmiy sotuvga chiqarildi. Mahsulotga bo'lgan yuqori talab ortidan ayrim mamlakatlarda onlayn savdo platformalari faoliyatida texnik uzilishlar yuzaga keldi.

Xususan, Fransiya bozorida smartfonning 512 GB xotiraga ega talqini to'liq sotib bo'lingan. Hozirda ushbu model uchun buyurtma bergan mijozlar yetkazib berish jarayonini ikki oydan ortiq kutishlariga to'g'ri kelmoqda.

Narxlarning yuqoriligiga qaramay, xaridorlar qiziqishi yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Ispaniyada yangi modelga berilgan oldindan buyurtmalar hajmi o'tgan yilgi ko'rsatkichdan 3 barobar oshdi.

Italiyada esa sotuvlarning dastlabki uch soati davomida rasmiy saytga tashrif buyuruvchilar soni keskin ortishi natijasida tizimda nosozliklar kuzatildi. Xaridorlar orasida ayniqsa 1 TB xotirali talqin va Hasselblad Earth Explorer Master Kit to'plami eng ommabop mahsulotga aylandi.

Shuningdek, ikkilamchi bozorda mazkur to'plamlar narxi sun'iy ravishda oshirilgan holda qayta sotilayotgani aniqlangan.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari