Qozog'istonda shoqol qishloqqa kirib uch kishiga hujum qildi

0
Qozog'istonda shoqol qishloqqa kirib uch kishiga hujum qildiQozog'istonning Turkiston viloyatida shoqol odamlarga hujum qildi Qozog'istonning Turkiston viloyatidagi aholi punktlaridan biriga shoqol kirib kelishi oqibatida uch kishi jarohatlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

"Tengri News" nashri bergan ma'lumotga ko'ra, yirtqich hayvon dastlab 4 yoshli qizchaga hujum qilib, uning oyoqlari va qo'l barmoqlarini tishlab olgan. Shundan so'ng hayvon 15 yoshli o'smirga ham tan jarohati yetkazgan.

Voqea joyida bolalarni qutqarishga harakat qilgan 42 yoshli erkak hayvonga bolta bilan zarba bergan, biroq to'qnashuv paytida shoqol uni ham tishlashga ulgurgan. Jabrlanuvchilarning barchasi darhol shifoxonaga yetkazilib, ularga birinchi tibbiy yordam ko'rsatildi va quturish kasalligiga qarshi emlash choralari ko'rildi.

Hozirda bemorlarning ahvoli barqaror ekani aytilmoqda, ammo oyoqlaridan jiddiy jarohat olgan kichik yoshli qizcha shifokorlar nazoratida qolmoqda. Mutaxassislar shoqollar odatda odamlarga hujum qilmasligini ta'kidlab, ushbu hodisaga bir necha omillar sabab bo'lishi mumkinligini tushuntirdi.

Xususan, hayvonda quturish infeksiyasi mavjudligi, o'z bolalarini himoya qilish instinkti yoki yashash hududida ozuqa yetishmasligi yirtqichning tajovuzkorligini oshirgan bo'lishi mumkin. Veterinariya xizmati xodimlari hayvon tanasidan namunalar olib, unda quturish virusi bor-yo'qligini aniqlash maqsadida laboratoriya tekshiruvlarini boshladi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Dunyo yangiliklari