Qozog‘istonning Talg‘ar tumani Guldala qishlog‘ida restoranda sodir etilgan hodisada 20 yoshli yigit o‘ldirilgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 12 aprel kuni yoshlar o‘rtasida boshlangan janjal ommaviy to‘qnashuvga aylangan.
Oqibatda 10 nafardan ortiq erkaklar yigitga pichoq bilan hujum qilib, uni og‘ir jarohatlagan. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.
Marhumning yaqinlari bu hodisani oldindan rejalashtirilgan hujum deb hisoblab, tergov choralari etarli emasligidan norozi. Ular hodisaga oid videoyozuvlar va ko‘plab guvohlar mavjudligini ta’kidlashdi.
Hozircha faqat bitta shaxs qamoqqa olingan. Huquq-tartibot organlari tomonidan ikki jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tezkor tadbirlar davomida 20 yoshli asosiy gumondor qo‘lga olingan. Yana uch nafar shaxs bezorilikda ayblanmoqda, ulardan ikki nafari uy qamog‘iga olingan.
Tergov harakatlari davom etmoqda. Rasmiylar ishni to‘liq va xolis o‘rganish uchun zarur choralar ko‘rilayotganini, mas’ul rahbariyatning nazoratiga olinganligini ta’kidladilar.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0