Arktika va Antarktika ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari 1986 yilda Antarktidadan uzilgan A23a aysbergi deyarli butunlay erib ketganini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Muz bo‘lagining maydoni yanvar oyidagi 1300 kvadrat kilometrdan hozirgi 50 kvadrat kilometrdan ham kamrog‘iga qisqardi. Aysberg ochiq okeanda suzib yuribdi va tez sur’atlar bilan parchalanmoqda.
Institut eksperti Polina Soloshchukning ta’kidlashicha, A23a so‘nggi uch oy ichida ming kilometrga yaqin masofani bosib o‘tib, Janubiy va Atlantika okeanlari tutashgan joyga yetib keldi. Muzlik hozirda janubiy kenglikning 49-paralleli atrofida harakatlanmoqda.
Mutaxassislar uning hayot sikli tugaganini e’lon qilishdi. A23a 1986 yilda Filxner shelf muzligidan ajralganda uning maydoni 4170 kvadrat kilometrni tashkil etgan.
Muz bo‘lagi 30 yildan ortiq vaqt davomida Ueddell dengizida harakatsiz turgan, so‘ngra Antarktida sohillari bo‘ylab suza boshlagan. 2025 yil avgustida u Janubiy Jorjiya oroli yaqinida harakatlana boshlagan, ammo yil oxiriga kelib jiddiy yemirilish natijasida o‘zining eng yirik aysberg maqomini yo‘qotdi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0