Timur Musin Caravan Group obektlarini sotuvga qoʻydi

Madina Yusupova2 daqiqalik o'qish1

Timur Musin Caravan Group obektlarini sotuvga qoʻydiToshkentning mashhur Caravan Group kompaniyasi asoschisi Timur Musin bir qilich restoran va dam olish maskanlarini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu e’lonlar OLX platformasida 13 aprel kuni paydo bo‘ldi. Sotuvga chiqarilgan obektlar qatoriga poytaxtdagi “Palov muzeyi” restorani kiradi.

Solor kanali bo‘yidagi 20 sotix yer maydonida joylashgan besh qavatli majmua 5800 kvadrat metr maydonga ega. Obektning umumiy qiymati 150 milliard so‘m deb belgilangan.

Uni qismlarga bo‘lib ham sotib olish imkoniyati mavjud. Shuningdek, Caravan restorani ham sotuvda.

U 7 sotix hududda joylashgan bo‘lib, umumiy maydoni 1800 kvadrat metrni tashkil qiladi. Restoran qishda 250 nafar, yozda 490 nafar mehbon qabul qilish imkoniyatiga ega.

Uning narxi 45 milliard so‘m. Bo‘stonliq tumanidagi Cinara’s etnografik majmuasi ham sotuv ro‘yxatida.

80 sotix maydondagi ushbu obekt binolari 1400 kvadrat metrni egallaydi. U 99 milliard so‘mga baholanmoqda.

Tadbirkorning bayonotiga ko‘ra, bunday qarorga sud jarayonlari va investitsiyalarni yo‘qotish xavfi sabab bo‘lgan. Uning yirik etnografik loyihasi turli ma’muriy to‘siqlar tufayli to‘xtab qolgan.

Mehmonxona va akvaparkni o‘z ichiga olgan ushbu loyiha murakkab investitsiya muhiti sabab noma’lum muddatga qoldirilgan. Muammolarning asosiy qismi yer masalalari bilan bog‘liq.

Avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish jarayonida kompaniyaga tegishli yer maydoni qisman olib qo‘yilgan. Sud tomonidan belgilangan kompensatsiya bir necha bor bekor qilingan.

Shuningdek, avval tadbirkordan 4 gektar yer olib qo‘yilib, o‘rniga noqulay hudud berilgan. Keyinchalik kadastr hujjatlari bo‘yicha nizolar kelib chiqqan.

Hozirda kompaniya bir nechta xorijiy hamkorlar bilan ishni to‘xtatgan, bank hisoblaridagi katta miqdordagi mablag‘lar muzlatilgan. Sud ishlari turli instansiyalarda davom etmoqda.

Tadbirkor biznesining bir qismini sotish orqali moliyaviy bosimni kamaytirishga intilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish