AQShda 12 yoshli qiz yonayotgan uydan ukalarini qutqarib qoldi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

AQShda 12 yoshli qiz yonayotgan uydan ukalarini qutqarib qoldiAQShning Jorjiya shtatida 12 yoshli qiz yong'in sodir bo'lgan uydan ukalarini qutqarib qoldi

Jorjiya shtatida istiqomat qiluvchi 12 yoshli Meysi Jonson o'z hayotini xavf ostiga qo'yib, yonayotgan uy ichidan ukalarini olib chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda "Good News Network" nashri xabar berdi. Hodisa Jonsonlar oilasi yaqinda ko'chib o'tgan ikki qavatli xonadonda yuz bergan.

Alanga dastlab garaj qismida boshlanib, qisqa vaqt ichida binoning birinchi qavatiga tarqalgan. Maktab avtobusida qaytayotgan Meysi Jonson xonadonidan tutun chiqayotganini ko'rib qolgan va darhol yordamga shoshilgan.

Qiz ichkariga kirib, xavfdan bexabar qolgan ukalarini ogohlantirgan. O'sha vaqtda bolalardan biri hammomda bo'lgan, ikkinchisi esa garaj ustidagi xonada uxlab yotgan edi.

Meysi Jonsonning tezkor harakatlari natijasida bolalar o'z vaqtida uyg'onib, binoni xavfsiz tark etishga ulgurgan. Voqea joyiga yetib kelgan o't o'chiruvchilar yong'inni bartaraf etdi.

Hodisa oqibatida bino va oila mulkiga jiddiy zarar yetgan bo'lsa-da, jabrlanganlar qayd etilmadi. Hozirda mutaxassislar yong'in kelib chiqish sabablarini o'rganmoqda.

Meysi Jonsonning qat'iyati ikki nafar bolaning hayotini saqlab qolishda asosiy omil bo'ldi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish