
Saudiya Arabistonida dunyodagi eng baland bino bo'lishi rejalashtirilgan "Jeddah Tower" osmono'par binoning qurilishi davom etmoqda. Xorijiy OAV xabar berganidek, loyiha 100-qavatli marrasi bilan belgilandi. Ushbu ko'rsatkichga 2026 yil 14 aprelda erishildi, bu qurilishning jadal sur'atlarda borayotganidan dalolat beradi.
Hozirda minoraning balandligi 402 metrga yetgan bo'lsada, uning umumiy balandligi bir kilometrga etishi kutilmoqda. "Jeddah Tower" loyihasi 2018 yilda to'xtab qolgandi, ammo 2025 yil yanvar oyidan boshlab qurilish ishlari qayta tiklandi. Loyihani "Adrian Smith + Gordon Gill" me'morlik byurosi amalga oshirmoqda, ushbu byuro avval Dubaydagi "Burj Khalifa" binosini loyihalashtirgan.
Ushbu inshoot nafaqat bino, balki "Jeddah Economic City" majmuasining markaziy qismi bo'ladi. Loyiha Saudiya Arabistonini global biznes va turizm markaziga aylantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
"Jeddah Tower"ning yakuniy balandligi kamida 1000 metrga yetishi rejalashtirilgan bo'lib, qurilish 2028 yilga qadar tugallanishi kutilmoqda. Ushbu loyiha "Vision 2030" dasturi doirasida mamlakatning iqtisodiy va texnologik rivojlanishiga xizmat qiladi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0