Nyu-Yorkdagi tarixiy cherkovda yirik yong'in yuz berdi

0
Nyu-Yorkdagi tarixiy cherkovda yirik yong'in yuz berdiNyu-Yorkdagi tarixiy cherkovda yirik yong'in yuz berdi 23 aprel kuni kechqurun Nyu-York shahrining Kuins tumani, Astoriya hududida joylashgan qadimiy cherkov binosida kuchli yong'in chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Hodisa oqibatida qutqaruv ishlariga jalb etilgan 250 dan ortiq o't o'chiruvchi va tibbiyot xodimlaridan 6 nafari jarohatlandi. Favqulodda vaziyat Astoriya bulvari, 12-ko'cha va 27-avenyu oralig'idagi bo'sh turgan inshootda sodir bo'lgan.

Alanga dastlab soat 18:45 atrofida cherkov hovlisidagi yordamchi binoda boshlanib, tez fursatda asosiy binoga o'tgan. Yong'in beshinchi darajali murakkablikka ko'tarilib, hududni quyuq tutun qoplagan.

Shu sababli mahalliy aholidan himoya niqoblarini taqish so'raldi. O't o'chirish xizmati vakili Kevin Vudsning tushuntirishicha, eski konstruksiyalarda olov devor va tom qismlari orqali tez tarqalishi sababli uni jilovlash qiyin kechgan.

Amaliyot davomida binoning bir qismi qulab tushgan va jarohatlangan qutqaruvchilardan biri shifoxonaga yuborilgan. Xavfsizlikni ta'minlash maqsadida yaqin atrofdagi aholi evakuatsiya qilindi.

Tarixchi Dominik Perroning ma'lumotlariga ko'ra, mazkur bino 1850 yillarda qurilgan bo'lib, o'z vaqtida "Dutch Reformed Church" sifatida xizmat qilgan. Oxirgi bir yil davomida inshootdan foydalanilmagan.

Hozirda yong'in sabablarini aniqlash bo'yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Dunyo yangiliklari