Sharqiy Qozog'istondagi o'rmon yong'ini aviatsiya yordamida o'chirildi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Sharqiy Qozog'istondagi o'rmon yong'ini aviatsiya yordamida o'chirildiSharqiy Qozog'istondagi o'rmon yong'ini aviatsiya yordamida o'chirildi

Qozog'istonning sharqiy qismida joylashgan o'rmon massivida yirik yong'in sodir bo'ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Hodisa 3-may kuni Sharqiy Qozog'iston viloyati, Ulan tumanidagi Primor o'rmon xo'jaligi hududida qayd etilgan. Alanga Buxtarma suv ombori yaqinidagi Ayuda darasi atrofida tarqalgan.

Tabiiy ofatga qarshi kurashish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus bo'linmalari va aviatsiya texnikasi safarbar etildi. Mutaxassislarning xabar berishicha, murakkab tog'li relef va kuchli shamol olovni jilovlash ishlariga jiddiy to'sqinlik qilgan.

Shunga qaramay, qutqaruv vertolyoti yordamida hududga 7 marotaba parvoz uyushtirilib, jami 21 tonna suv sepildi. Hozirgi vaqtda ochiq alanga o'choqlari to'liq bartaraf etilgan.

Shunday bo'lsa-da, qayta yonish xavfining oldini olish maqsadida o'rmon xo'jaligi xodimlari va favqulodda vaziyatlar xizmati mutaxassislari hududda doimiy kuzatuv hamda nazorat ishlarini olib bormoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish