Markaziy bank xorijiy valyutalarning 5 maydagi qiymatini e'lon qildi
O'zbekiston Markaziy banki 5 may 2026 yil holatiga ko'ra xorijiy valyutalarning so'mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Yangilangan ma'lumotlarga muvofiq, asosiy xalqaro valyutalar kursida o'sish dinamikasi kuzatilgan bo'lsa, Rossiya rubli qiymati biroz pasaygan. Xususan, AQSh dollari kursi 40,8 so'mga ko'tarilib, 11 993,53 so'm darajasida qayd etildi.
Yevropa valyutasi — yevro ham sezilarli darajada qimmatlashib, 32,27 so'mga qo'shildi va 14 054,02 so'mni tashkil qildi. Britaniya funt sterlingi 13,49 so'mga oshib, 16 262,03 so'mga yetgan bo'lsa, Shveysariya franki 20,86 so'mga qimmatlab, 15 313,50 so'm qiymatida to'xtadi.
Osiyo mintaqasi valyutalarida ham o'zgarishlar yuz berdi. Xitoy yuani kursi 5,43 so'mga oshib, 1 755,93 so'mga yetdi.
Yapon iyenasi esa minimal darajada — 0,07 so'mga qimmatlashib, 76,41 so'm etib belgilandi. Shu bilan birga, Rossiya rubli kursi pasayishda davom etib, 0,96 so'mga arzonlashdi va 158,52 so'mga tushdi.
Markaziy bank ushbu kurslar buxgalteriya hisobi va bojxona to'lovlari uchun asos bo'lishini bildirdi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0