Farg'onada xotini va qizini o'ldirgan shaxs 19 yilga qamaldi

Madina Yusupova2 daqiqalik o'qish

Farg'onada xotini va qizini o'ldirgan shaxs 19 yilga qamaldiFarg'onada xotini va farzandini o'ldirgan erkak 19 yilga qamaldi

Jinoyat ishlari bo'yicha sud Farg'ona viloyatining O'zbekiston tumanida sodir etilgan mudhish qotillik yuzasidan hukm chiqardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Sudlanuvchi aliment to'lashdan bo'yin tovlash maqsadida o'z turmush o'rtog'i va voyaga yetmagan farzandini qasddan o'ldirganlikda aybdor deb topildi. Voqea tafsilotlariga ko'ra, 3 noyabr 2025 yil kuni fuqaro mast holatda qaynotasining xonadoniga borgan.

Mazkur oilada aliment masalasi sababli avval ham nizo kelib chiqqan bo'lib, ayolning shikoyati asosida erkak 15 sutkalik ma'muriy qamoq jazosini o'tab chiqqan edi. Biroq ozodlikka chiqqan shaxs oilaviy kelishmovchilikni tinch yo'l bilan hal etish o'rniga, og'ir jinoyatga qo'l urgan.

Tergiv jarayonida aniqlanishicha, erkak aliment majburiyatidan qutulish uchun o'zi bilan pichoq olib kelgan va ayoliga og'ir tan jarohatlari yetkazgan. Shuningdek, u o'zining 3 yoshli qizini ham pichoqlagan.

Jabrlanuvchi bola hodisa joyida vafot etgan, ayol esa tibbiy muassasaga olib ketilayotgan vaqtda hayotdan ko'z yumgan. Jinoyatni sodir etib, voqea joyidan yashiringan shaxs huquq-tartibot idoralari tomonidan qo'lga olindi.

Sud hay'ati barcha dalillarni o'rganib chiqib, sudlanuvchini Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybli deb topdi va unga nisbatan 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish