O'zbekistonlik ayol Turkiyada 20 ming dollarlik firibgarlik ayblovi bo'yicha bayonot berdi

0
O'zbekistonlik ayol Turkiyada 20 ming dollarlik firibgarlik ayblovi bo'yicha bayonot berdiTurkiyada o'zbekistonlik ayol 20 ming dollarlik firibgarlikda ayblanmoqda Turkiyada 56 yoshli mahalliy fuqaro va 36 yoshli o'zbekistonlik ayol o'rtasidagi moliyaviy nizo yuzasidan yangi tafsilotlar e'lon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Avvalroq erkak ayolni 20 ming AQSh dollarini firibgarlik yo'li bilan o'zlashtirganlikda ayblagan edi. Biroq ayol «ATV» telekanaliga bergan intervyusida ushbu da'volarni butunlay rad etdi.

Ayolning so'zlariga ko'ra, barcha mablag'lar erkak tomonidan o'z xohishi bilan o'tkazib berilgan va u bir necha bor moddiy yordamga ehtiyoji yo'qligini bildirgan. Ular ilk bor taksida tanishgan bo'lib, dastlab o'zaro munosabatlar ijobiy shakllangan.

Ayolning ta'kidlashicha, vaqt o'tishi bilan erkakning qo'pol muomalasi va farzandlariga nisbatan haqoratli so'zlar ishlatishi aloqalarning uzilishiga sabab bo'lgan. Shuningdek, u erkak o'zini tungi ko'ngilochar maskanlarda ishlashga hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali boy shaxslarni aldashga undaganini ma'lum qildi.

Hozirda ayol Turkiyada mustaqil ravishda halol mehnat qilib hayot kechirayotganini bildirdi. Uning qo'shimcha qilishicha, ushbu nizo sababli hatto vaqtincha boshpanasiz qolgan kunlari ham bo'lgan.

Ayol o'z bayonotida hech qachon pul talab qilmaganini va erkak pullarni shaxsiy tashabbusi bilan yuborganini yana bir bor qayd etdi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari