
"Barselona" klubi va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida olgan jarohati yuzasidan bayonot berdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
18 yoshli futbolchi jamoasini chetdan bo'lsa-da, qo'llab-quvvatlashda davom etishini ta'kidladi. "Men sizlar bilan birga bo'laman, garchi maydon tashqarisida bo'lsam ham.
Jamoaning yana bir a'zosi sifatida barchangizni ruhlantirib turaman. Bu yakun emas, shunchaki tanaffus.
Men yanada kuchliroq bo'lib qaytaman, kelasi mavsum esa avvalgisidan ham yaxshiroq bo'ladi", — deya yozdi futbolchi o'z klubiga yo'llagan murojaatida. Ma'lum qilinishicha, jarohati sababli Yamal joriy mavsumda boshqa maydonga tusha olmaydi.
Biroq u Shimoliy Amerikada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi safida ishtirok etishi kutilmoqda. Ma'lumot uchun, ushbu mavsumda Lamin Yamal barcha musobaqalarda jami 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq "Barselona" klubi ham futbolchining sog'lig'i borasida rasmiy bayonot e'lon qilgan edi.