Mirziyoyev hokim bo'lib ishlagan yillardagi xizmat avtomobili ko'rsatildi

0
Mirziyoyev hokim bo'lib ishlagan yillardagi xizmat avtomobili ko'rsatildiMirziyoyev Mirzo Ulug'bek tumaniga tashrif buyurdi Prezident Mirziyoyev 23 aprel kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug'bek tumaniga tashrif buyurdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur hudud davlat rahbarining mehnat faoliyatida alohida o'ringa ega bo'lib, tashrif davomida 1992–1996 yillarda tuman hokimi lavozimida ishlagan davriga oid muhim tarixiy ma'lumotlar taqdim etildi. Jumladan, o'sha yillarda foydalanilgan "Volga" rusumli xizmat avtomobili jamoatchilikka ko'rsatildi.

Hozirda ushbu transport vositasi tarixiy eksponat sifatida maxsus saqlanmoqda. Shuningdek, Mirziyoyev hokimlik qilgan davrdagi ish muhitini aks ettiruvchi xizmat xonasi ham qayta tiklandi.

Tashrif davomida davlat rahbari tuman hokimligi tizimi, hududda davom etayotgan qurilish va obodonlashtirish jarayonlari bilan tanishdi. Infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihalar va istiqboldagi rejalar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.

Mirzo Ulug'bek tumanida amalga oshirilayotgan modernizatsiya ishlari va ijtimoiy ob'ektlar holati ham prezident e'tiborida bo'ldi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top O'zbekiston yangiliklari