Toshkentda yil yakunigacha 18 ta turistik ko'cha tashkil etiladi

0
Toshkentda yil yakunigacha 18 ta turistik ko'cha tashkil etiladiMirziyoyev Mirzo Ulug'bek tumanidagi gastronomik ko'cha faoliyati bilan tanishdi Prezident Mirziyoyev 23 aprel kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan «O'zbekiston ovozi» ko'chasini ko'zdan kechirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu hududda gastronomik turizm maskani tashkil etilgan bo'lib, loyiha davlat rahbarining 2022 yil 30 apreldagi ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish to'g'risidagi qarori ijrosi doirasida ishlab chiqilgan. Rossiyaning «City Makers» va «Lyudi Arxitektors» byurolari tomonidan tayyorlangan rekonstruksiya loyihasiga ko'ra, ob'ektni to'liq foydalanishga topshirish 2025 yil sentyabr oyiga mo'ljallangan.

Umumiy uzunligi 2,1 km bo'lgan ko'chada piyodalar va velosipedchilar uchun zamonaviy yo'laklar, maxsus selfi zonalari hamda ochiq sport maydonchalari barpo etilgan. Shuningdek, hududda oilaviy dam olish maskanlari va bolalar uchun eko-maydonchalar o'rin olgan.

Qiymati 40 mlrd so'mga baholangan loyiha doirasida hozirda 165 ta savdo nuqtasi ishlamoqda. Shundan 89 tasi tunu kun faoliyat yuritish rejimiga o'tkazilgani natijasida 2 221 ta yangi ish o'rni yaratildi.

Poytaxtda turistik va gastronomik infratuzilmani rivojlantirish choralari kengaymoqda. O'tgan yili Toshkentdagi 26 ta ko'cha 24/7 ish tartibiga o'tkazilib, bunga 540 mlrd so'm mablag' sarflandi.

Mazkur yo'nalishda 1 103 ta yangi xizmat ko'rsatish ob'ekti ish boshladi. Natijada xizmatlardan foydalanuvchilarning kunlik oqimi 80 mingdan 200 ming kishiga oshib, 6 ming fuqaro bandligi ta'minlandi.

2024 yilda shaharda yana 18 ta turistik ko'cha tashkil etish va 7 mingga yaqin ish o'rni yaratish belgilangan. Mirziyoyev mutasaddilarga xizmatlar sifatini oshirish va yangi investitsiya loyihalarini jadallashtirish bo'yicha ko'rsatmalar berdi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top O'zbekiston yangiliklari