Mirziyoyev Marg'ilondagi yangi turizm majmuasi bilan tanishdi

0
Mirziyoyev Marg'ilondagi yangi turizm majmuasi bilan tanishdiMirziyoyev Marg'ilondagi yangi turizm majmuasi bilan tanishdi Prezident Shavkat Mirziyoyev Marg'ilon shahrida barpo etilgan «Burhoniddin Marg'inoniy» ilmiy-ma'rifiy va turizm majmuasidagi yangi madaniy hamda xizmat ko'rsatish ob'ektlarini ko'zdan kechirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Milliy me'morchilik an'analari asosida qurilgan ushbu majmua 35 gektar maydonni egallagan bo'lib, o'zida mehmonxonalar, karvonsaroylar, hunarmandchilik markazlari va muzeylarni jamlagan. Majmuaning asosiy maqsadi buyuk alloma Burhoniddin Marg'inoniyning ilmiy merosini targ'ib qilish hamda hududda ziyorat turizmini rivojlantirishdan iborat.

Majmua hududida Abdulla Qodiriyning «O'tkan kunlar» romani asosida tashkil etilgan «Otabek va Kumush uyi» muzeyi, maqom teatri hamda zamonaviy kutubxona faoliyat yuritadi. Turkiyaning «Studio Vertebra» kompaniyasi loyihasi asosida amalga oshirilayotgan ushbu tashabbusning umumiy qiymati 1,7 trillion so'mni tashkil etadi.

Ikki bosqichli qurilish yakunida bu yerda 1 500 o'rinli masjid, biznes markaz va 400 ta xizmat ko'rsatish nuqtasi ishga tushirilishi belgilangan. Loyiha to'liq quvvat bilan ishlashni boshlagach, Farg'ona vodiysiga yiliga 250 ming nafargacha xorijiy sayyohlarni jalb etish rejalashtirilgan.

Bu orqali 2 mingta yangi ish o'rni yaratiladi va xizmatlar eksporti 30 mln dollarga yetkaziladi. Davlat rahbari majmuadagi sharoitlar bilan tanishish asnosida jamoatchilik vakillari bilan muloqot qildi.

Marg'ilon tajribasi asosida kelgusida Buxoro, Samarqand, Qo'qon va Namangan shaharlaridagi tarixiy obidalar atrofida ham shunday zamonaviy majmualar barpo etilishi ko'zda tutilgan.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top O'zbekiston yangiliklari