Mirziyoyev Toshkentdagi gastronomik ko'cha faoliyati bilan tanishdi

0
Mirziyoyev Toshkentdagi gastronomik ko'cha faoliyati bilan tanishdiMirziyoyev Toshkentdagi gastronomik ko'cha faoliyati bilan tanishdi Prezident Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug'bek tumanidagi O'zbekiston ovozi ko'chasida tashkil etilgan gastronomik turistik markazga tashrif buyurdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur loyiha mamlakatda ichki turizmni kengaytirish va xizmat ko'rsatish tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy qadamlardan biri sifatida baholanmoqda. Umumiy uzunligi 2,1 kilometr bo'lgan ushbu ob'ekt 2025 yil sentyabr oyida to'liq foydalanishga topshirildi.

Hududning me'moriy konsepsiyasi Rossiyaning «City Makers» va «Lyudi Arxitektors» byurolari tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, zamonaviy infratuzilma yechimlarini o'z ichiga olgan. Ko'cha bo'ylab piyodalar va velosiped yo'laklari, dam olish maskanlari, sport va bolalar eko-zonalari hamda arqonli park barpo etildi.

Qiymati 40 mlrd so'mga teng loyiha doirasida 165 ta savdo nuqtasi tashkil etilib, ulardan 89 tasi tunu kun faoliyat yuritmoqda. Bu orqali 2 221 nafar fuqaro ish bilan ta'minlandi.

Davlat rahbariga poytaxtda gastronomik turizmni yanada rivojlantirish strategiyasi bo'yicha hisobot berildi. 2025 yilda Toshkentdagi 26 ta ko'cha 24/7 ish rejimiga o'tkazilib, bunga 540 mlrd so'm mablag' ajratildi.

Joriy yil yakuniga qadar yana 18 ta shunday ko'cha tashkil etilishi, 500 ta yangi ob'ekt ochilishi va 7 mingga yaqin ish o'rni yaratilishi rejalashtirilgan. Prezident soha mutasaddilariga xizmatlar sifatini nazorat qilish va yangi investitsiyalarni jalb etish yuzasidan aniq vazifalarni yukladi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top O'zbekiston yangiliklari