Farg'ona viloyatining bir nechta tuman va shaharlarida hokimlar almashdi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Farg'ona viloyatining bir nechta tuman va shaharlarida hokimlar almashdiFarg'ona viloyatida shahar va tuman hokimlari almashdi

Farg'ona viloyati hokimlik tizimida keng ko'lamli kadrlar rotatsiyasi amalga oshirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Prezidentning hududga tashrifi hamda ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlar tahlilidan so'ng, bir qator rahbarlar lavozimidan ozod etilib, o'rniga yangi nomzodlar tayinlandi. Xususan, Bag'dod tumanida G'anijon Soliyev o'rniga Hojiqo'zijon Isaqov hokim etib belgilandi.

Beshariq tumanida ham rahbar o'zgardi: Rasuljon Jo'rayev boshqa ishga o'tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etilib, O'zbekiston tumani hokimi etib tayinlandi. Uning o'rnini muqaddam Qo'shtepa tumanini boshqargan Ilyos Novikov egalladi.

Ma'lumot uchun, Novikov 2024 yilda uy-joy qurilishi sohasidagi kamchiliklar sababli tanqidga uchrab, ishdan olingan edi. Marg'ilon shahrida Shukurulloxon Nisbatxonov hokimlikdan chetlatildi.

Avvalroq unga "Yashil makon" loyihasi va qishga tayyorgarlikdagi sustkashliklar uchun hayfsan berilgan edi. Shahar ma'muriyatiga endi Elbek Rustamov rahbarlik qiladi.

Farg'ona tumanida Hamidullo Inomov lavozimini tark etdi. Ushbu tumanga Kadastr agentligi viloyat boshqarmasining sobiq boshlig'i Nodirjon Mashrapov yangi hokim etib tayinlandi.

Viloyatdagi ushbu o'zgarishlar boshqaruv sifatini yaxshilash va hududiy muammolarni tizimli hal etish maqsadida amalga oshirilgani bildirilgan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish