Charlz III Trampga tarixiy suvosti kemasi qo‘ng‘irog‘ini sovg‘a qildi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Charlz III Trampga tarixiy suvosti kemasi qo‘ng‘irog‘ini sovg‘a qildiCharlz III Trampga tarixiy suvosti kemasi qo'ng'irog'ini sovg'a qildi

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III AQShga uyushtirilgan rasmiy tashrifi doirasida prezident Donald Trampga ramziy va tarixiy qiymatga ega sovg'a taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda "C-Span" telekanali xabar berdi. Ma'lum qilinishicha, monarx Oq uy rahbariga Britaniya harbiy-dengiz flotiga qarashli suvosti kemasining qo'ng'irog'ini topshirgan.

Mazkur eksponat 1944 yilda foydalanishga topshirilgan "HMS Trump" suvosti kemasiga tegishli bo'lib, o'ziga xos tarixiy ahamiyatga ega. Sovg'a topshirilishi NATO va AUKUS harbiy bloklari doirasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilingan muloqotdan so'ng amalga oshirildi.

Britaniya qiroli ushbu buyumni ikki davlat o'rtasidagi mustahkam ittifoq va umumiy o'tmish timsoli sifatida baholadi. Charlz III o'z nutqi davomida Trampga murojaat qilib, ushbu qo'ng'iroq davlatlar o'rtasidagi aloqalar va kelajakdagi sheriklikka guvohlik berishini ta'kidladi.

Shuningdek, uchrashuv davomida qirol hazil tariqasida ingliz tilidagi "ring" so'zining qo'ng'iroq chalish va telefon qilish ma'nolari bilan bog'liq so'z o'yinidan foydalandi. U Britaniya bilan bog'lanish zarur bo'lsa, shunchaki qo'ng'iroq chalish kifoya ekaniga ishora qildi.

Ushbu tadbir xalqaro munosabatlarda ramziy ma'noga ega bo'lib, London va Vashington o'rtasidagi do'stona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish